Ortiqxo‘jayevga “nasihat” qilib turish senator Kalonovga yuklatildi

Jamiyat 12648
image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 17 avgust kuni “Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish bo‘yicha huquqiy eksperiment to‘g‘risida”gi farmonni imzolagan edi. Ushbu farmonga binoan Toshkent shahar hokimining jamoatchilik, mahalla va nuroniylar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etildi.

Yangi lavozimni Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi a’zosi –  Toshkent shahar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Rustam Kalonov tayinlangan. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar bermoqda. 

Rustam Kalonov 1950 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1974 yildan buyon xalq xo‘jaligining turli soha va tarmoqlarida mas’ul vazifalarda faoliyat yuritgan.

2017 yildan 2020 yilgacha “Nuroniy” jamg‘armasining Toshkent shahar Kengashi raisi, 2020 yildan Toshkent shahar hokimligi, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari sifatida ishlab kelmoqda.

Qalampir.uz Tahririyati
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 453
Reyting: 3
t
×