Ortiqxo‘jayev zimmasiga yana bir vazifa yuklatildi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 2 dekabr kuni “Toshkent shahrining issiqlik ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Unga muvofiq, Toshkent shahar hokimi Toshkent shahri issiqlik ta’minoti tizimini boshqarish faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va uning lozim darajada ishlashi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.

•  Toshkent shahar tumanlari hokimlari tegishli hududda issiqlik ta’minoti xizmatlarini ko‘rsatish sohasida quyidagilar uchun shaxsan javobgar hisoblanadi:

•  issiqlik ta’minoti korxonalari tomonidan xizmatlar tuziladigan shartnomalarga muvofiq ko‘rsatilishini, shuningdek, iste’molchilarga issiqlik energiyasi va issiq suv uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash;

•  issiqlik energiyasi va issiq suv uchun to‘lovlarning kvartiralar ichki hisobga olish uskunalari ko‘rsatkichlari, iste’molning normativ hajmlari va kvartiraning isitiladigan maydoni o‘lchami asosida o‘z vaqtida va to‘liq undirilishini ta’minlashga, shuningdek, iste’molchilarning qarzdorligi kamaytirilishiga ko‘maklashish;

•  issiqlik ta’minoti tizimi ob’ektlarining holati, foydalanilishi va ularga ta’mirlash xizmati ko‘rsatilishi ustidan nazoratni ta’minlash;

•  issiqlik energiyasi va issiq suvni hisobga olish uskunalarining almashtirilishi va o‘rnatilishini, shuningdek, issiqlik ta’minoti korxonalari tomonidan ularning plombalanishini tashkil etish;

•  issiqlik energiyasi va issiq suvdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olish;

Toshkent shahar tumanlari hokimlarining issiqlik ta’minoti tizimini boshqarish sohasidagi faoliyati samaradorligi tegishli hududda maqsadli indikatorlarning bajarilishi holati va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatidan kelib chiqqan holda Toshkent shahar hokimligi tomonidan yiliga kamida ikki marotaba baholanadi, shuningdek, mas’ul shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda rag‘batlantirish yoki javobgarlikka tortish choralari ko‘riladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

721

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing