Ortiqxo‘jayev yangi bayroq maydonini ochib berdi
Jamiyat
−
20 mart 2019
10395Avvalroq, poytaxt Toshkentdagi navbatdagi bayroq maydoni tashkil etilayotgani haqida xabar bergan edik. Bugun ushbu flagshtok va musiqa favvoraning ochilish marosimi o‘tkazildi. Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va Yashnobod tumani hokimi Xojiakbar Tillashayxov ishtirok etdi.
Flagshtok “Navro‘z” nomini olgan yangi saylgohga o‘rnatilgan. Bu yerda wi-fi zonalar, o‘rindiqlar, diametri 20 metr bo‘lgan musiqali, rangli favvora, maxsus kitob javonlari o‘rin olgan.
Saylgoh markaziga esa 57 metrli flagshtok o‘rnatilgan. Mazkur flagshtok “Xalqlar do‘stligi” maydoniga o‘rnatilganidan 8 metrga kichkina.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning iyul oyida ilk bor Toshkentda mamlakatdagi eng katta flagshtok o‘rnatilgan edi. Uning balandligi 65 metrni, bayroqning o‘lchami esa 12x25 metrni tashkil etadi.
LiveBarchasi