Ortiqxo‘jayev qo‘llagan “hayfsan”ni Rahmonov bekor qildi
Jamiyat
−
06 mart 2023 19498 1 daqiqa
Sobiq Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning Yashnobod tumani hokimiga nisbatan qo‘llagan “hayfsan” jazo chorasi yangi hokim Baxtiyor Rahmonov tomonidan bekor qilindi.

Qayd etilishicha, Jahongir Ortiqxo‘jayevning 2022 yil 4 noyabrdagi 245-14-0-F/22-sonli farmoyishi bilan Toshkent shahar Yashnobod tumani hokimi Baxtiyor Tuganbayevich Rahmanqulovga nisbatan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llangan edi. Amaldagi hokim Baxtiyor Rahmonovning joriy yil 28 fevraldagi farmoyishida tuman hokimi Baxtiyor Rahmonqulovga berilgan “hayfsan” jazo chorasi olib tashlanishi belgilangan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respubliyeasi Mehnat kodeksining 183-moddasiga ko‘ra, intizomiy jazoning amal qilish muddati jazo qo‘llanilgan kundan boshlab bir yildan oshib ketishi mumkin emas. Agar xodim shu muddat ichida yana intizomiy jazoga tortilmasa, u intizomiy jazo olmagan deb hisoblanadi.
Intizomiy jazoni qo‘llagan ish beruvchi o‘z tashabbusi bilan xodimning iltimosiga binoan mehnat jamoasi yoki xodimning bevosita rahbari iltimosnomasiga ko‘ra jazoni bir yil o‘tmasdan oldin ham olib tashlashga haqli.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025