Orol fojiasi haqidagi film AQSH kinofestivalida sovrindor bo‘ldi

Madaniyat-san’at

image

Orol dengizi fojiasi haqida hikoya qiluvchi “Sho‘rxok” filmi AQSHning “Environmental” festivalida sovrindor bo‘ldi. Bu haqda festival rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Atrof-muhitga oid filmlar va ssenariylar festivalida har oy, bir nechta yo‘nalishlarda eng yaxshilarni aniqlanadi. Joriy yilning noyabr oyida e’lon qilingan natijalarga ko‘ra “Sho‘rxok” qisqa metrajli filmi “Eng yaxshi operatorlik ishi” yo‘nalishida g‘olib deb topilgan.

Ushbu film, mukammal manzara izlab, qurib qolgan Orol dengiziga borgan fotosuratchi haqida hikoya qiladi. U o‘ziga oldindan qabr tayyorlatib qo‘ygan qoraqalpoq ayolini suratga olgan vaqtida inson va dengiz bir-biriga qanchalar chambarchas bog‘liqligini tushunib yetadi.

Shuningdek, filmni ko‘rgan bir nechta xorijlik tomoshabinlar o‘z fikrini bildirib, bu film badiiy to‘qima emas, balki real voqeliklarga asoslanganini e’tirof etgan. Filmni ko‘rgan tomoshabinlardan biri esa ushbu filmning davomi ishlanishi kerak degan fikrda.

Ma’lumot o‘rnida, “Sho‘rxok” filmining loyiha muallifi Aziz Abduhakimov, postanovkachi rejissyor Umid Hamdamov, operator Jahongir Ibrahimov. Filmda bosh rollarni Erkin Bozorov, Arzixan Naurizova va Alisher Akimov ijro etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Sho'rxok Kino festival

Baholaganlar

138

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing