Orban Erdo‘g‘an va Aliyev bilan gaz ta’minoti borasida kelishib oldi

Olam

image

Kecha, 20 avgust kuni Budapeshtda bo‘lib o‘tgan qator uchrashuvlar davomida Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Turkiya va Ozarbayjon yetakchilari bilan tabiiy gaz yetkazib berish va turk gazini Vengriyada saqlash borasida kelishib oldi. Bu haqda Vengriya Tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto Bosh vazir Viktor Orban va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘rtasidagi muzokaralar yakunida aytib o‘tdi.

Bugun, 21 avgust kuni Vengriya hukumati saytida ma’lum qilinishicha, ikki davlat rahbarlarining muzokaralarida Vengriya-Turkiyaning energetika sohasidagi hamkorligi va Shvetsiyaning NATOga kirishini ratifikatsiya qilish masalalari muhokama qilingan. 

Siyyartoning aytishicha, tabiiy gaz yetkazib berishning muhim qismi “Turk oqimi” quvuri orqali Vengriyaga yetkazib berilmoqda va Turkiyaning tranzit mamlakat sifatidagi roli tabiiy gazni tashish bo‘yicha Vengriya-Ozarbayjon kelishuvi kuchga kirgandan hamda turkman gazining Yevropaga eksporti boshlangandan keyin yanada ortadi.

TIV rahbariga ko‘ra, Vengriyaning MVM va Turkiyaning Botas kompaniyasi o‘rtasida yaqin yillarda 275 million metr/kub gaz sotib olish bo‘yicha kelishuv imzolangan.

Orban hafta oxirida Budapeshtga borgan Prezident Ilhom Aliyev bilan ham muzokaralar o‘tkazgan va buning natijasida Ozarbayjondan 100 million metr/kub gaz yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Shuningdek, Vengriyada 50 million metr/kub gazni shartnoma asosida saqlashga “qo‘l tashlashgani” aytilmoqda.

Shuningdek, Siyyarto agar Ukraina Rossiyadan tabiiy gaz tranziti bo‘yicha oldingi kelishuvni bekor qilsa, Serbiya transport yo‘lini taqdim etishini bildirdi.

“Politico” nashri esa Budapesht muzokaralarini “Orbanning gaz gambiti” deb atadi va bu Yevroparlamentning Ozarbayjon elitasiga qarshi sanksiyalar uchun ovoz berishi fonida ro‘y berayotganini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, kecha, 20 avgustda Budapeshtdagi muzokaralar Vengriya davlatining tashkil topgan kuni va mamlakatda yengil atletika bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionati sharafiga o‘tkazildi. Vengriya Bosh vaziri Orban Erdo‘g‘an va Aliyev bilan muzokaralardan tashqari Serbiya, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston prezidentlari bilan ham ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi. Budapeshtdagi tadbirlarda G‘arbiy Yevropa yetakchilaridan faqat sobiq siyosatchilar e’tiborga olindi: Avstriyaning sobiq Kansleri Sebastyan Kurs, Sloveniyaning sobiq Bosh vaziri Yanez Yanshu va Chexiya sobiq Bosh vaziri Andrey Babish.


Maqola muallifi

Teglar

gaz Turkiya Ozarbayjon Vengriya Orban Budapesht Turk oqimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing