Qorabayir zotli otlarni yetishtirish va ko‘paytirish markazi tashkil etiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi qoshida yuridik shaxs maqomiga ega Qorabayir zotli otlarni yetishtirish va ko‘paytirish bo‘yicha innovatsion seleksiya-genetika markazi tashkil etiladi. O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisining o‘rinbosari bir vaqtning o‘zida Qorabayir zotli otlarni yetishtirish va ko‘paytirish bo‘yicha innovatsion seleksiya-genetika markazi direktori lavozimida faoliyat yuritadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kecha, 18 fevral kuni imzolagan “O‘zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida so‘z borgan. 

Qaror bilan yangi markaz huzurida laboratoriya tashkil etiladi va unga otlarning qon guruhini aniqlash va ma’lumotlar bazasini yaratish bo‘yicha vazifalar yuklanadi. 

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Federatsiya:

Markaz laboratoriyasini zamonaviy uskuna va malakali mutaxassislar bilan jamlanishini ta’minlaydi;

mutaxassis-chavandozlar, Markaz laboratoriyasi mutaxassislari, kavaler-instruktorlar, shuningdek, manfaatdor idoralar xodimlarini xorijda o‘qitish va malakasini oshirishni tashkil etadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Yilqichilik Qora bayir

Baholaganlar

51

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing