“Opta” O‘zbekistonning pley-offga chiqish ehtimolini o‘rganib chiqdi
Sport
−
10:56 7657 2 daqiqa
Kolumbiyaga qarshi uchrashuvdan so‘ng “Opta” analitika kompaniyasining superkompyuteri O‘zbekistonning 2026 yilgi Jahon chempionati pley-offiga chiqish ehtimolini o‘rganib chiqdi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Yangilangan prognozga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasining o‘z guruhida birinchi o‘rinni egallash ehtimoli 0,99 foizni tashkil etmoqda. Terma jamoaning pley-off bosqichiga chiqish imkoniyati esa 21,90 foiz deb baholangan.
“Opta” hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekistonning 1/32 finalga chiqish ehtimoli 21,90 foiz, nimchorak finalga yetib borish imkoniyati 4,55 foizga teng. Shuningdek, jamoaning chorak finalga chiqish ehtimoli 1,26 foiz, yarim finalga yo‘l olishi 0,33 foiz va finalga chiqishi 0,08 foiz deb baholangan.
Superkompyuter prognozida O‘zbekistonning jahon chempioni bo‘lish ehtimoli – 0,01 foizni tashkil etgan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, Fransiya terma jamoasini Jahon chempionatining asosiy favoriti deb baholamoqda. Fransuzlar 10 ming marta o‘tkazilgan turnir simulyatsiyasining 15,73 foizida chempion bo‘lgan. Turnir boshlanishidan oldin “Opta” Ispaniyani asosiy favorit sifatida ko‘rsatgan edi. Uning chempionlik ehtimoli – 16,1 foiz deb baholangan. Biroq ispanlar 1-turdagi mag‘lubiyatdan so‘ng 12,08 foiz ko‘rsatkich bilan to‘rtinchi o‘ringa tushib qolgan.
Angliya terma jamoasi chempionlik uchun 12,33 foiz ehtimol bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Amaldagi jahon chempioni Argentinaning kubokni qo‘lga kiritish imkoniyati esa 12,28 foizga teng.
Elatib o‘tamiz, Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvida Kolumbiyaga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Live
Barchasi