Opasini o‘ldirib, jasadni 7 kun balkonda saqlagan yigit jazolandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Chinoz tumanida opasini pichoqlab o‘ldirgan yigitga sud hukmi o‘qildi.  Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, marhuma ayol 2 farzandi bilan ajrashib, qizlik uyida onasi va ukasi bilan yashagan. Kredit sababli opa-uka o‘rtasida janjal kelib chiqqan. 

“Otamiz bo‘lmagan. Opam asabiy edi. Ko‘pincha u darajagacha bormay yarashib ketardik. Oxirgi marta kreditga pul to‘lamay o‘tkazib yuboraverayotgandi. Men pul o‘tkazdim”, deydi sudlanuvchi.

Ma’lum bo‘lishicha, marhuma janjaldan keyin ukasining xonasiga pichoq bilan kirib, qo‘lidan jarohatlagan. Qonni ko‘rib, o‘zini yoqotgan uka opasiga 60 marta pichoq urgan. Olgan jarohatlari oqibatida ayol voqea joyida vafot etgan. Uka esa opasining murdasini gilamga o‘rab, balkonga chiqarib qo‘ygan.

Marhumaning onasi da’vosi yo‘qligini, qizi doimiy janjallar qilib kelganini ma’lum qilgan. 

“Qilgan ishimdan juda pushaymonman. Shu paytgacha bir birimizni quchoqlamaganmiz ham. Ayamga ko‘pincha jinnixonaga ko‘rsataylik, derdim. Ayam sharmanda bo‘lamiz, qo‘y, deb yuraverardi. Ana endi qanaqa sharmanda bo‘ldik?”, deydi yigit.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat Chinoz tuman sudi sudlanuvchini Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “j” bandi bilan aybli deb topib, 8 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatining Kogon shahrida o‘zaro janjal oqibatida kelinini pichoqlab o‘ldirgan qaynota 7 yilga ozodlikdan mahrum etilgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent qotillik Chinoz Aziz Obidov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing