Toshkentda o‘tgan Osiyo Olimpiya kengashi yig‘ilishida ikki musobaqa taqdiri hal qilindi

Sport

image

Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) Ijroiya qo‘mitasi, Xitoy Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) va Xanchjoudagi Osiyo o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi batafsil muhokamalar natijasida, OOK Ijroiya kengashi Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan XIX Osiyo o‘yinlarini boshqa muddatga ko‘chirishga qaror qildi. XIX Osiyo o‘yinlarining yangi sanalari OOK, XOQ va Xanchjoudagi Osiyo o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi o‘rtasida kelishiladi va yaqin kelajakda e’lon qilinadi.  Bu haqda Toshkentda bo‘lib o‘tgan OOK Ijroiya qo‘mitasining 77-majlisida ma’lum qilingan, deb xabar bermoqda QALAMPIR.UZ muxbiri.

Xanchjoudagi Osiyo o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi global muammolarga qaramay, o‘yinlarni o‘z vaqtida o‘tkazishga juda yaxshi tayyorlangan. Biroq OOK Xitoyda qayta jonlangan pandemiya sababli ko‘plab sportchilar va ishqibozlarning sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yishni istamadi.

XIX Osiyo o‘yinlarining nomi va gerbi o‘zgarishsiz qoladi va OOK barcha tomonlarning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan o‘yinlar to‘liq muvaffaqiyatga erishadi, deb hisoblamoqda.

Bundan tashqari, OOK Ijroiya qo‘mitasi joriy yilning 20-28 dekabr kunlari Xitoyning Shantou shahrida yoshlar o‘rtasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan III Osiyo o‘yinlarining taqdirini ham muhokama qildi. XOQ va tashkiliy qo‘mita bilan muhokamadan so‘ng, OOK Ijroiya qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari avval bir marta qoldirilgani sababli, yana kechiktirilmasdan bir yo‘la bekor qilindi. Shu bois keyingi Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari 2025 yilda Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

OOK Shantou tashkiliy qo‘mitasiga tayyorgarlik bosqichidagi ajoyib ishlari uchun minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, OOK Shantouda olib borilgan sa’y-harakatlar shahar rivojining turli jabhalarida, ayniqsa sport sohasida hamda Osiyoda Olimpiya ruhini targ‘ib qilishda foydali bo‘lganiga ishonch bildirdi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

84

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing