Onlayn qabul davom etyapti. Abituriyentlar eng ko‘p qaysi OTMni tanlamoqda?

Jamiyat

image

2021–2022 o‘quv yili uchun bugun, 11 iyul 18:00 holatiga ko‘ra, jami ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 230 254 nafarni tashkil etmoqda. Eng ko‘p abituriyentlar hozircha, Toshkent davlat pedagogika universitetini tanlamoqda. Bu haqda Davlat test markazi xabar berdi.

Ta’lim shakli bo‘yicha:

  • Kunduzgi ta’lim shakli — 140 576 nafar;
  • Sirtqi ta’lim shakli — 83 630 nafar;
  • Kechki ta’lim shakli — 6 048 nafar.

Tillar kesimida:

  • O‘zbek tili — 194 640 nafar;
  • Rus tili — 29 429 nafar;
  • Qoraqalpoq tili — 5 036  nafar;
  • Boshqa tillar — 1 149 nafar.

Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p tanlanayotgan OTMlar:

  • Toshkent davlat pedagogika universiteti — 8 328 nafar;
  • O‘zbekiston milliy universiteti — 7 957 nafar; 
  • Namangan davlat universiteti — 7 295 nafar;
  • Jizzax davlat pedagogika instituti — 7 082  nafar;
  • Urganch davlat universiteti — 6 584 nafar.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

693

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing