Onkologik kasalliklarni davolash uchun dori vositalarini ishlab chiqish tashkil etiladi

Salomatlik

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "2019-2021 yillarda Respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini yanada jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzolagani haqida xabar bergan edik.  

Farmonga muvofiq, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining “O`zmedimpeks” Davlat unitar korxonasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga o‘tkazildi.

Endilikda dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish, tayyorlash va ularning ulgurji savdosi ustidan nazorat qilish hamda farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshiriladi. Ilgari bu funksiyalar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshirilgan.

Farmon bilan Agentlikning asosiy vazifalari belgilandi.

Farmatsevtika tarmog‘ini barqaror rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish shular jumlasidandir.

Shuningdek, Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi dori vositalari va tibbiyot buyumlari milliy ishlab chiqaruvchilariga kreditlar bo‘yicha kredit summasining 50 foizigacha, ammo 10 milliard so‘mdan oshmaydigan mablag‘ga kafillik beradi.

2019 yil 1 iyuldan import dori vositalari va tibbiyot buyumlarini “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirishda bojxona qiymatining 1,2 foizi miqdorida bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘im undiriladi.

2022 yilning 1 yanvargacha quyidagilar majburiy sertifikatlashtirilishi lozim:

- farmatsevtika mahsulotlarining klinik-oldi tadqiqotlarini amalga oshiruvchi barcha laboratoriyalar Zarur laboratoriya amaliyoti (GLP) milliy talablariga muvofiq;
- Sog‘liqni saqlash vazirligining klinik tadqiqotlar o‘tkazuvchi barcha klinik bazalari Zarur klinika amaliyoti (GCP) milliy talablariga muvofiq;
- farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi barcha mahalliy korxonalar Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP) milliy talablariga muvofiq;
- farmatsevtika mahsulotlarini ulgurji sotish bilan shug‘ullanuvchi barcha mahalliy korxonalar Zarur distribyutorlik amaliyoti (GDP) milliy talablariga muvofiq.

Farmon bilan 2019-2021 yillarda respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Yo‘l xaritasi doirasida 2019 yil 1 iyulgacha import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan sanoat ishlab chiqarishi uchun xom ashyo hamda dorixonada tayyorlanadigan dori vositalari va tibbiyot buyumlari ro‘yxati tasdiqlanadi.

2019-2021 yillarda 10 turdagi dori vositalari guruhlarini ishlab chiqarish mahalliylashtiriladi. Antibiotiklar, viruslarga qarshi hamda onkologik kasalliklar uchun dori vositalari shular jumlasidandir.

2022 yil 1 yanvargacha farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari, ixtisoslashgan institutlar va oliy ta’lim muassasalari o‘z ehtiyojlari uchun olib kelinadigan hamda farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar tomonidan apteka ichida dori tayyorlash maqsadida olib kiriladigan quyidagi vositalar bojxona to‘lovlaridan ozod etildi:

- texnologik va laboratoriya uskunalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari; farmatsevtika ishlab chiqarish binolari uchun “toza xonalar”;
- sendvich-panellar va ventilyatsiya tizimlari;
- laboratoriya hayvonlarini boqish, klinik-oldi tadqiqotlar va dori vositalari ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xom ashyo va materiallar;
- tibbiyot buyumlari va qadoqlash materiallari.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

7

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing