Ona tilini bilishga majbur qilish kerak – Prezident
Jamiyat
−
20 dekabr 2022
6747Maktablarda ta’lim sifati hamda jamiyatda o‘qituvchi kasbi nufuzini oshirish, sharoitlarini yaxshilash 2023 yildagi eng asosiy vazifalardan biri bo‘ladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 20 dekabr kuni Oliy Majlis palatalariga yo‘llayotgan murojaatida aytib o‘tdi.
“Birinchi navbatda, e’tiborni Yangi O‘zbekiston uchun eng katta investitsiya bo‘lgan ta’limni qo‘llab-quvvatlashga qaratamiz”, deydi Prezident.
Prezident najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda ekanini alohida urg‘uladi. Chunki, barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erishiladi.
“Maktablarda ta’lim sifati hamda jamiyatda o‘qituvchi kasbi nufuzini oshirish, sharoitlarini yaxshilash 2023 yildagi eng asosiy vazifalarimizdan biri bo‘ladi.O‘qituvchilarning maqomini, ularning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishni Konstitutsiyada alohida belgilash zarur, deb hisoblayman”, deydi Prezident.
Uning qayd etishicha, o‘quvchilarda erkin, tanqidiy va kreativ fikrlashni, жамоад́а ishlash va muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish zarur.
“2023 yildan maktab ta’limini xalqaro ta’lim dasturlari asosida butunlay isloh qilishni boshlaymiz”, Mirziyoyev.
Shuningdek, milliy o‘zlik timsoli, ma’naviyat asosi bo‘lgan ona tiliga e’tibor yanada kuchaytiriladi.
“Albatta, chet tilini bilish — zamon talabi. Ammo ona tilini bilishga majbur qilish kerak”, deydi Prezident.
Kelasi yili 70 ta yangi maktab quriladi, 460 tasi kengaytiriladi.
“Xususiy investitsiyalar ishtirokida 100 ta maktab qurish loyihalari boshlanadi, kelasi besh yilda ularning sonini mingtaga yetkazamiz”, deydi davlat rahbari.
Kelasi o‘quv yilidan barcha viloyatlar va Toshkent shahri maktablarida ham bepul ovqatlanish joriy etiladi
“Yil boshidan Qoraqalpog‘iston va Xorazmda 285 ming nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul ovqatlanish yo‘lga qo‘yildi. Bu borada yetarli tajriba orttirdik. Endi, kelasi o‘quv yilidan ushbu amaliyot qolgan viloyatlar va Toshkent shahri maktablarida ham joriy etiladi va buning uchun 2,3 trillion so‘m ajratiladi”, deydi Shavkat Mirziyoyev.
LiveBarchasi