Ona sutining o‘rnini bosuvchi mahsulotlar reklamasi taqiqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda joriy yilning 9 sentyabridan boshlab ona sutining o‘rnini bosuvchi mahsulotlar reklamasi ham taqiqlanadi. Bu “Reklama to‘g‘risida”gi yangi Qonunning 35-moddasida ovqatga qo‘shiladigan biologik faol qo‘shimchalarn va oziq-ovqat qo‘shimchalarining reklamasi bo‘yicha tartiblarda belgilangan.

Qonunga ko‘ra, quyidagi mahsulotlarning reklamasida:

•  “ular dori vositalari hisoblanadi” yoki “davolash xossalariga ega” degan taassurot uyg‘otilmasligi;

•  qo‘llash natijasida odamlar davolanganiga, ahvoli yaxshilanganiga doir muayyan holatlar misol keltirilmasligi;

•  ularni qo‘llagan jismoniy shaxslar tomonidan bildirilgan minnatdorlik izhorini o‘z ichiga olmasligi;

•  sog‘lom ovqatlanishni rad etishga undamasligi;

•  biologik faol va oziq-ovqat qo‘shimchalar bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilgani hamda davlat ro‘yxatiga olingani to‘g‘risidagi faktlarni havolalar qilish, shuningdek, ulardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tavsiya shaklida foydalanish orqali dori vositalariga nisbatan afzalligi haqidagi taassurotni yuzaga keltirmasligi;

•  voyaga yetmaganlar iste’mol qilishi taqiqlangan biologik faol qo‘shimchalar reklamasida bolalar tasviridan foydalanilmasligi kerak.

Ovqatga qo‘shiladigan biologik faol qo‘shimchalar va oziq-ovqat qo‘shimchalari reklamasida ularning dori vositasi emasligi to‘g‘risidagi ogohlantirish berilishi shart. 

Bunday mahsulotlar reklamasi bo‘yicha rag‘batlantiruvchi aksiyalar o‘tkazish ham mumkin emas.

Mazkur Qonunning 36-moddasi bilan esa ona sutining o‘rnini bosuvchi mahsulotlar reklamasi ham taqiqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

394

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing