Omskdagi YTHda ikki o‘zbekistonlik qurbon bo‘ldi

Olam

image

Joriy yilning 30 avgust kuni ikki o‘zbekistonlik Omsk viloyatining Moskalenki tumanidagi sodir bo‘lgan YTH natijasida halok bo‘ldi, yana ikki o‘zbekistonlik og‘ir tan jarohatlari oldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga asoslanib xabar tarqatdi. 

Yo‘l-transport hodisasida uch kishi vafot etgan. Shulardan ikki nafari o‘zbekistonlik A.S. va N.M. O‘zbekiston fuqarolari G.S. va M.A. turli darajadagi ko‘p sonli o‘gir jarohatlar olib, Moskalenki tuman shifoxonasiga yotqizilgan. Ularga tegishli yordam ko‘rsatilmoqda hamda Omsk shahridan mutaxassislar ham chaqirtirildi. 

“Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi, Omsk viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari va davolovchi shifokorlar bilan aloqa o‘rnatgan. Hozirda hamyurtlarimizning jasadlarini vatanga yuborish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar hal qilinmoqda”, deyiladi TIV axborotida.

Omsk viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasi xabariga ko‘ra,  maskur hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi. 

Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etadi hamda Rossiyaning Sibir federal okrugi (Oltoy Respublikasi, Oltoy o‘lkasi, Buryatiya Respublikasi, Irkutsk viloyati, Baykal orti o‘lkasi, Kemerovo viloyati, Krasnoyarsk o‘lkasi, Novosibirsk viloyati, Novosibirsk shahri, Omsk viloyati, Tomsk viloyati, Tuva Respublikasi, Hakasiya Respublikasi) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda mamlakatning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi: +7-383-246-04-85, +7-383-246-04-84, +7-383-246-04-63, +7-383-246-04-64.  


Maqola muallifi

Teglar

YTH Omsk

Baholaganlar

9

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing