Omskdagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarolari jabrlandi
Olam
−
10:48 1499 1 daqiqa
Omskdagi qurilayotgan ob’ektda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari ham bor. Bu haqda TASS agentligiga tezkor xizmatlar ma’lum qildi.
“Jabrlanganlar orasida pudrat shartnomasi asosida ishlagan O‘zbekiston fuqarolari bor”, deydi agentlik suhbatdoshi.
Kecha, 15 avgust kuni ertalab Krupskaya va Arxitektorlar ko‘chalari kesishmasidagi qurilishi tugallanmagan ko‘p qavatli uyning birinchi qavatini alanga qoplab olgan, so‘ngra yong‘in yuqori qavatlarga tarqalgan. Ochiq yong‘in 1 ming kvadrat metr maydonda o‘chirilgan. Jabrlanganlar tanasining 90 foizgacha qismi kuygan, sakkiz nafar bemor reanimatsiyada qolmoqda, uch nafar jabrlanuvchiga esa tibbiy ko‘rikdan so‘ng uyga javob berib yuborilgan.
Yong‘inning dastlabki sababi — payvandlash ishlarini olib borishda izolyatsiya materialining
yonib ketishi ekvyuanligi aytilmoqda.
Reanimatsiyada yetti kishi qolmoqda. Jabrlanganlarning barchasi quruvchilar bo‘lib, ularning ikki nafari O‘zbekiston fuqarolari.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina dronlari Tatarstonning Nijnekamsk shahriga hujum qilgani, oqibatda halok bo‘lgan 13 kishining orasida O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari ham borligi haqida xabar berilan edi.
Live
Barchasi