“Omicron” tobora yaqinlashmoqda

Olam

image
0:00
0:00
download

Bugun, 18 dekabr kuni Ukrainada koronavirusning yangi shtammi “omicron” bilan zararlangan birinchi bemor aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri Viktor Lyashko xabar bergan. 

Qayd etilishicha, mamlakat bo‘ylab yangi shtammning yuqish va tarqalish zanjiri o‘rganilmoqda. Shifokorlar tomonidan bemor bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar nazoratga olingan.

Ma’lumot o‘rnida, 26 noyabr kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Afrikaning janubida aniqlangan B.1.1.529 koronavirus shtammini yunoncha “omicron” harfi bilan belgiladi. U juda ko‘p mutatsiyalarga ega, ularning ba’zilari JSSTni tashvishga solmoqda. Dunyoning 70 dan ortiq mamlakatlarida allaqachon topilgan “omicron” shtammi boshqalarga qaraganda tezroq tarqalish imkoniyatiga ega.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 17 dekabr kuni Rossiyaning Gamalei tomonidagi tadqiqot markazi “Sputnik V” vaksinasining koronavirusning yangi “omicron” shtammiga qarshi samaradorligi aniqlangani haqida e’lon qilgandi. 

Tadqiqotda, vaksina hosil qilgan immunitet boshqa yetakchi vaksinalarnikiga qaraganda 5-7 barobar sekin pasayishi ma’lum qilingan. 

Tadqiqot markazi direktori Aleksandr Ginsburg, “Sputnik V” vaksinasini qabul qilish va olti oy ichida qayta emlanish insonlarni “omicron”dan to‘liq himoya qilishini bildirgan.

Behruz Saidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

495

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing