“Omicron” shtammi fenomenal tezlikda tarqalayotgani aytildi

Olam

image

Koronavirusning “omicron” shtammi dunyo bo‘ylab juda ham tez suratlarda tarqalmoqda. Bugungi kunda ushbu shtamm koronavirus bilan kasallanganlarning 40 foizini tashkil qiladi. Bu haqda Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Sajid Jovidning ma’lum qildi

"Biz bu shtamm haqida hozir bilgan narsamiz shuki, “omicron” fenomenal tezlikda tarqalmoqda. Har ikki-uch kunda shtamm bilan kasallanish ikki barobarga ko‘paymoqda. Bu bizni katta xavfga, kasallanishning yangi to‘lqiniga duch kelishimizni anglatadi", deydi Jovid.

Britaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbarining qo‘shimcha qilishicha, Londonda “omicron” shtammi bilan kasallanganlar bemorlarning taxminan 40 foizini tashkil qiladi.

Avvalroq, Jovid mamlakat parlamentida so‘zlagan nutqida Buyuk Britaniyada dekabr oyi oxirigacha “omicron” shtammi bilan kasallanganlar soni milliondan oshishi mumkinligini aytgan edi.

Eslatib o‘tamiz, koronavirusning yangi B.1.1.529 shtammi ilk bor Botsvanada 11 noyabr kuni aniqlangan edi. Shundan so‘ng JAR, Gonkong va boshqa davlatlarga tarqaldi. Bugungi kunda “omicron” 63 ta davlat hududida aniqlangan. Ularning orasida BAA, Rossiya va Turkiya ham bor.

Uning asosiy xususiyati – o‘ta yuqumli va insonning kasal bo‘lib tuzalish va vaksinalash orqali orttirgan immunitetiga chap berib o‘ta oladi. JSST yangi shtammni “xavotirli” deb tan olib unga grek alifbosining 15-harfi – “omicron” nomini bergan edi.

Shuningdek, Janubiy Koreyada yashovchi O‘zbekiston fuqarosi va uning oila a’zolari koronavirusning "omicron" shtammiga chalingani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

357

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing