“Omicron” Olimpiada o‘tkaziladigan Pekinga yetib bordi
Olam
−
16 yanvar 2022 5475 1 daqiqa
Kecha, 15 yanvar kuni Xitoy poytaxti Pekinda koronavirusning “omicron” shtammi bilan kasallanishning ilk holati qayd etildi. Bu haqda shahar kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi xabar qilgan.
“15 yanvar kuni SOVID-19 bilan kasallanish holati qayd etildi”, deyiladi xabarda. Ta’kidlanishicha, gap “omicron” haqida bormoqda.
Aniqlik kiritilishicha, bemor shaharning shimoli-g‘arbida joylashgan Xaydyan tumanida istiqomat qiladi. O‘tgan 14 kun ichida bemor Xitoyning boshqa viloyatlari yoki shaharlarida sayohat qilmagan yoki yashamagan. Hukumat virus aniqlangan shaxs yashovchi uyni va uning ish joyini muhrlagan. Shuningdek, mazkur ikki bino bilan aloqada bo‘lgan 2,4 mingdan ortiq odamning namunasi olingan.
Ma’lumot uchun, Pekin 4-20 fevral kunlari qishki Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qiladi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr