Omborxonada yirik yong‘in (video)

Olam

Bugun, 18 iyul kuni tongda Olma-otada omborxonada yong‘in yuz berdi. Yong‘in haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar va video tarqaldi.

Olma-ota Favqulodda vaziryatlar departamentining rasmiy vakili Sangdush Boymuhambetov soat 7:45 da omborxona yonayotgani haqida xabar tushganini ma’lum qildi.

FVDning ma’lum qilishicha, yong‘inni vertolyotlarda o‘chirishga to‘g‘ri kelyapti. Buning uchun “Kazaviaspas” AJ borti harakatga keltirildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in lak-bo‘yoq mahsulotlari omborxonasida chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Olma-ota

Baholaganlar

14

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing