Oltinko‘l tumaniga yangi hokim keldi 

Jamiyat

image

Otavulloxon Rasulov Abdulahadovich Andijon viloyati Oltinko‘l tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. 

Ma’lumot uchun, Otavulloxon Rasulov ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Andijon viloyat kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumaniga Akmaljon Aliyevich Mirzaolimov hokim vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon hokim Oltinko'l

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing