Oltin va kumush qazib olish tartibi belgilandi

Jamiyat

image

Endi qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish uchun ruxsatnomalar Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan har yili tasdiqlanadigan yer qa’ri uchastkalari bo‘yicha beriladi. Bu haqda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi qaror nizomida keltirilgan.

Nizomga ko‘ra, bunda yer qa’ri uchastkasi ishonchli, aniq konturlari va chegaralari ko‘rsatilgan, o‘lchami 5 gektargacha bo‘lgan sochma oltin konlari bo‘ladi. Yer qa’ri uchastkalari “Ye-auksion” portaliga qo‘yiladi va uning bir gektari boshlang‘ich narxi bazaviy hisoblash miqdorining 35 baravari (9 mln 450 ming so‘m) etib belgilanadi.

Ruxsatnomalar “Ye-auksion”dagi auksion yakunlari bo‘yicha faqat O‘zbekiston rezidentlariga 3 yilga beriladi. Ruxsatnoma olganlar qazish ishlarini boshlashdan avval yozma ravishda hokimiyatni, Ekologiya, Sanoat xavfsizligi qo‘mitalari, Kon-geologiya inspeksiyasini xabardor qilishi kerak.

Nizomga muvofiq, qazib olingan qimmatbaho metallar qabul kassalariga, zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarga sotiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

207

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing