“Oltin to‘p”ni yutishga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi

Sport

image

Futbol olamidagi eng nufuzli shaxsiy sovrin “Oltin to‘p” hisoblanadi. 2022 yilda ham ushbu sovrin uchun kurash qizg‘in kechmoqda.

“Francye Football” nashri joriy yilning mart oyida “Oltin to‘p” uchun ovoz berish qoidalari o‘zgarganini e’lon qildi. Eng muhimi, mukofot bir kalendar yili uchun emas, balki bir mavsum davomidagi o‘yinlar asosida beriladigan bo‘ldi.

Bu shuni anglatadiki, joriy yilning noyabr oyida boshlanishi rejalashtirilgan JCH-2022dagi o‘yinlar bu yilgi “Oltin to‘p” sovrini uchun hech qanday qo‘shimcha imkoniyat taqdim etmaydi. Ya’ni Jahon chempionati 2023 yilgi mukofotni yutish uchun da’vogarlarga imkoniyat beradi.

Angliyaning “Goal” nashri 2022 yilda “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishga asosiy nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi.

“Oltin to‘p”ni yutishga da’vogar sifatida e’tirof etilayotgan 10 nafar futbolchi bilan tanishing:

1. Robert Levandovski (“Bavariya”) (51 ta gol 8 ta golli uzatma 2021-2022 mavsumdagi statistikasi);
2. Karim Benzema (“Real Madrid”) (37 ta gol 13 ta golli uzatma;
3. Muhammad Saloh (“Liverpul” (30 ta gol 14 ta golli uzatma);
4. Kilian Mbappe (PSJ) (37 ta gol 25 ta golli uzatma);
5. Luka Modrich (“Real Madrid”) (6 ta gol 9 ta golli uzatma);
6. Sadio Mane (“Liverpul”) (20 ta gol 4 ta goli uzatma);
7. Bernardu Silva (“Manchester Siti”) (11 ta gol 7 ta golli uzatma);
8. Riyad Mahrez (“Manchester Siti”) (27 ta gol 9 ta golli uzatma);
9. Vinisius Junior (“Real Madrid”) (17 ta gol va 13 ta golli uzatma);
10. Trent Aleksandr-Arnold (“Liverpul”) (2 ta gol 20 ta golli uzatma).

Ma’lumot o‘rnida, “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu ushbu reytingda eng oxirgi o‘rinda qayd etilgan. Ya’ni Ronaldu 20-o‘rinni band qilib turibdi. “Oltin to‘p”ning 7 karra sohibi Lionel Messi da’vogarlar qatoriga kiritilmagan.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

102

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing