“Oltin to‘p-2025” haqida qiziqarli ma’lumotlar (fotoreportaj)
Sport
−
23 Sentabr 2025 4164 2 daqiqa
Kecha, 22 sentyabr kuni “Oltin to‘p-2025” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu marosim futbol uchun ko‘plab kutilmagan voqealar va rekordlarga boy bo‘ldi. Eng katta hayrat uyg‘otgan voqea esa shubhasiz Usmon Dembelening g‘alabasi. Chunki, ilgari biror marta ham “Oltin to‘p” nomzodlari ro‘yxatiga kiritilmagan bo‘lsa-da, birinchi nomzodlar ro‘yxatiga kirgan yiliyoq sovrinni qo‘lga kiritdi va bu futbol tarixida juda kam uchraydigan hodisa sifatida qayd etildi.
.jpg)
Dembele Jahon chempionati, Yevropa Chempionlar ligasi va “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan tarixdagi 10-futbolchi bo‘ldi. Fransiyalik futbolchidan avval ushbu natijaga Bobbi Charlton, Gerd Myuller, Frans Bekkenbauer, Paolo Rossi, Zinedin Zidan, Rivaldo, Ronaldino, Kaka va Lionel Messi kabi futbolchilar erishgan. Dembelening bu yutug‘i orqali “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritgan fransiyalik futbolchilar soni 6 taga yetdi. Bungacha fransiyaliklardan Raymon Kopa, Mishel Platini (3 martta), Jan-Per Papen, Zinedin Zidan va Karim Benzema “Oltin to‘p”ga ega chiqqan yedi. Umumiy sovrinlar soni esa 8 tani tashkil qilmoqda.

.png)
Yosh iste’dod – Ispaniya terma jamoasi va “Berselana” futbolchisi Lamin Yamal ham o‘z nomini tarixga yozib qo‘ydi. Yamal 17 yoshida “Kopa Trophy” sovrinini ketma-ket ikki yil qatorasiga yutgan ilk futbolchiga aylandi. Bundan tashqari Yamal “Oltin to‘p”ning top o‘nligiga kirgan tarixdagi eng yosh futbolchi bo‘ldi.
.png)
Ayollar futbolida esa Aytana Bonmati ham ketma-ket uch yil “Oltin to‘p”ni yutgan kam sonli futbolchilar qatoridan joy oldi.
.png)
.png)
Klublar miqyosida 2025 yil “Pari Sen-Jermen” uchun unutilmas yil bo‘ldi. Jamoa “Yilning eng yaxshi jamoasi” sovrinini oldi va futbolchilari bir nechta individual mukofotlarni ham qo‘lga kiritdi. Bu klub tarixiga bir mavsumda eng ko‘p sovrin jamg‘arilgan mavsum sifatida kirdi.

.png)
Marosimda alohida e’tibor qozongan voqealardan biri “Socrates Award” sovrini edi. Bu sovrin odatdagidan farqli ravishda futbolchiga emas, balki murabbiy Luis Enrikega topshirildi. U bolalar onkologiyasi bilan bog‘liq xayriya loyihalari tufayli taqdirlandi.
.png)
Ayollar futbolida esa kutilmagan natija qayd etildi. Odatda “Barselona” yoki “Lion” qo‘lga kiritadigan “Yilning eng yaxshi jamoasi” sovrini bu yil Angliyaning “Arsenal” jamoasiga nasib etdi.
.png)
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025