Oltin tishli buyumlar, qizil kenguru va emu hayvonlari — gerblardagi timsollar nimani anglatadi?

Bu qiziq

image

Qadim zamonlardan beri turli xil xalqlar, qabilalar va alohida toifalarning o‘z belgilari bo‘lgan. Misol uchun, bir guruh odamlar har xil baxtsizliklardan himoya qilishi kerak bo‘lgan diniy belgilar, totemlar, hayvonlar tasvirlaridan foydalangan. Hozirga kelib bu belgilarning ahamiyati ortib, davlat ramziga aylangan. Shuning uchun, bu belgilarda o‘sha davlat tanlagan yo‘l, hukmdorning oliy kuchi va hukmronligining asosiy g‘oyasi mujassamlanadi.

Dunyo davlatlari qatori O‘zbekiston ham o‘z gerbiga ega. Bundan roppa-rosa 29 yil oldin, 1992 yil 2 iyul kuni “O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonun imzolangan. Juda ko‘p variantlar ichidan tanlab olingan ushbu ramzning muallifi rassom Anvar Mamajanov hisoblanadi. Gerb gullagan vodiy uzra charaqlab turgan quyosh tasviridan hamda so‘l tomonida bug‘doy boshoqlari, o‘ng tomonida ochilgan paxta chanoqlari suvrati tushirilgan chambardan iborat. Uning yuqori qismida respublika jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan. Eslatib o‘tamiz, sakkiz qirra ichida joylashgan yarim oy va yulduz musulmonlarning qutlug‘ ramzidir. Gerbning markazida himmat, olijanoblik va fidoyilik timsoli bo‘lgan afsonaviy Humo qushi qanotlarini yozib turibdi. Ushbu ramz va timsollar xalqimizning tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat, farovonlik yo‘lidagi orzu-umidlarini ifodalaydi. Gerbning pastki qismida Respublika Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bandiga “O‘zbekiston” deb yozib qo‘yilgan.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, O‘zbekiston gerbida mamlakatning boyliklari, tabiati, serquyoshligi aks etgan. Dunyo davlatlari gerbidan joy olgan timsollar nimani anglatadi. Quyida shu haqda fikr yuritamiz.

Argentina

Argentina Respublikasi gerbi ellipsga o‘xshaydi. Asosiy o‘qdagi ellips ikki xil rangga ajratilgan. Tepasi ochiq ko‘k, pastki qismi  kumush rang. Bu ranglar davlat bayrog‘ida ham tasvirlangan. O‘ng qo‘llarini ushlagan yalang‘och odam bilaklari hozirgi Argentina Respublikasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri misoli bo‘lgan Rio de la Plataning Birlashgan viloyatlarini tashkil etuvchi viloyatlarning egizaklashuviga tegishli. Shapkaga ozodlik uchun kurashning taniqli belgisi sifatida qaraladi. Sol de Mayo ya’ni may quyoshi ham xuddi shu ma’noni anglatadi. Qo‘l siqish Argentina federatsiyasi sub’ektlari o‘rtasidagi kelishuvni, dafna gulchambari esa Argentinaning mustaqillik uchun kurashdagi g‘alabasini anglatadi. Ikkala qo‘l bilan qalqon maydonlarining o‘rtasida simmetrik vertikal paypoq bilan ushlab turiladi va bu sadoqatning belgisidir.

Xitoy

Xitoy Xalq Demokratik Respublikasi gerbidagi oltin tishli buyumlar mehnatni, guruch va bug‘doy xalqning asosiy oziq-ovqatini, hosilning oltin rangdaligi esa qishloq xo‘jaligini anglatadi. Gerbning pastki qismi qizil belbog‘ bilan bog‘langan bo‘lib, butun xalqning yaqin birligini, farovonligini ifodalaydi. Mamlakat nomi qizil kamarga tantanali va blok harflar bilan qo‘shib yozilgan, ular tish naqshiga o‘xshash. Eng markaziy qismida joylashgan besh qirrali Venera butun mamlakat  Kommunistik partiya atrofida birlashganligiga ishora qiladi. 31 ma’muriy viloyati va avtonom viloyatlarini ifodalovchi 31 yorug‘lik nurlari ham mavjud. Shuningdek, qizil rang inqilobni, ochiq joylar esa yer yuzida hududini kengaytirmoqchiligini anglatadi.

Avstraliya

Avstraliya davlati gerbida oltita shtatining ramzlari tasvirlangan qalqon mavjud bo‘lib, uni qizil kenguru va emu hayvonlari ushlab turadi. Lekin ular hech qachon millatning rasmiy hayvon timsollari sifatida belgilanmagan. Shunchaki, bu hayvonlar orqaga emas, ko‘proq oldinga harakat qilgani sabab taraqqiyotni ifodalagan. Escutcheon – gerbning markaziy nuqtasi. Uning ichida har bir Avstraliya shtatining nishoni joylashgan va shtatlar federatsiyasini ifodalovchi qurolsiz chegaralar bilan o‘ralgan. Pastki qismida millat nomi yozilgan varoq bor.

Shuningdek, unda tepalikni tashkil etuvchi ko‘k va oltin gulchambar ustida yetti qirrali Hamdo‘stlik yulduzi mavjud. Janubiy xoch yulduz turkumini ifodalaydi.

Germaniya

Germaniya federal hukumatining gerbi oltin rangda bo‘lib, uning ustiga  qizil zirhli qora burgut joylashgan. Gerbning kelib chiqishi uzoq tarixga borib taqaladi. Qadim zamonlardan buyon odamlar burgutni “Xudolarning xabarchisi” deb ulug‘lagan, jasorat, tiriklik va quyoshning ramzi sifatida qaragan. Nemislarning gerbidagi burgutning dumi qisqa va tuklari kamroq detalga ega.

Umumiy ma’noda qora burgut o‘ngga qaragan, qanotlari yoyilgan va tuklari tushirilgan, qirmizi tumshug‘i, tili, panjalari va tirnoqlari bo‘lgan oltin qalqon sifatida tasvirlangan.

Meksika

Meksika gerbi asrlar davomida mamlakat siyosati va madaniyatining muhim ramzi bo‘lib kelgan. Gerbda kaktusda o‘tirgan burgut ilonni yutib yuborgani tasvirlangan. Meksikaliklar orasida tasvirlar chuqur diniy mazmunga ega, ammo yevropaliklar uchun bu yaxshilikning yovuzlik ustidan g‘alaba qozonishini bildiradi. Oltin burgut Meksikaning rasmiy qushi bo‘lib, u yaxshilikni, Ilon esa yomonlik, yovuzlikni ifodalaydi. Gerbda eman va dafna barglari ham tasvirlangan. Burgut ustida turgan “Tuna” deb nomlangan kaktusning mevasi muqaddas xudosining jiyani Kopilning yuragini anglatadi.

Saudiya Arabistoni

Saudiya Arabistonining gerbida xurmo daraxti va vertikal tarzdagi ikkita qilich tasviri joylashgan. Ikki qilich 1926 yilda Ibn Saud boshchiligida birlashtirilgan Hijoz Shohligi va Najd Sultonligining qaramliklarini anglatadi. Xurmo daraxti shohlikning mulkini, uning xalqi, merosi, tarixi va tabiiy bo‘lmagan boyliklarini ifodalaydi.  Muallif xurmo orqali farovonlikni, kesib o‘tgan qilichlar orqali esa adolatni tasvirlagan. Umumiy ma’noda, palma xalqni himoya qilish uchun ishlatilishi kerak bo‘lgan kuchlarni ifodalovchi ikkita qilich bilan qo‘riqlanganligi ko‘rsatilgan.

Eron

Eron gerbida arab yozuvidagi harfni ikkilantirish uchun ishlatiladigan "tashdid" belgisi mavjud. Tashdid tomonidan ko‘tarilgan to‘rtta yarim oy - bu Alloh so‘zining uslubiy ifodasi hisoblanadi. Ramzning beshta qismi din asoslarini ham anglatadi. Timsol shakli Eron uchun halok bo‘lgan odamlarning xotirasiga bag‘ishlanib lolaga o‘xshash tarzda tanlangan. Bu Eronda yosh askar vatanparvarlik bilan vafot etsa, qabriga qizil lola o‘sadigan qabr mifologiyasidan kelib chiqqan. 

Logotip Hamid Nadimi tomonidan ishlab chiqilgan va 1980 yil 9 mayda Oyatulloh Ruhulloh Xomayni tomonidan rasman tasdiqlangan.

Ma’lumot o‘rinda, dastlabki gerblar antik davrda paydo bo‘lgan. Misol uchun, qadimgi Shumer davlati va Rim imperiyasi ramzida burgut tasvirlangan.

Amir Temir davlatining ham gerbi mavjud bo‘lib unda 3 halqa tasvirlangan. Bu Amir Temurning 3 iqlimda, ya’ni Shimol, Janub va G‘arbda hukmron ekaniga ishoradir.

O‘rta asrlarga kelib ko‘pgina shaharlar o‘z gerbiga ega bo‘lgan. Keyinchalik bayroqlarda, qog‘oz pullarda, muhrlarda, qog‘ozlarda gerblarning tasviri paydo bo‘ldi. Aytmoqchi, gerb va ularning tarixi bilan geraldika fani shug‘ullanadi.

Yulduz Abdurashidova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

80

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing