Oltin narxi tushadimi yoki aksi?

Olam

image

Dunyo bozorida oltin narxi keskin oshadi. Bunga sabab u oxirgi 100 yilda ilk bor erkin suzishga qo‘yib yuborildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Qayd etish kerakki, shu vaqtga qadar Buyuk Britaniya boshchiligidagi Yevropaning beshta yirik banki vakillari o‘zaro kelishilgan holda dunyo bozorida oltin sotish hajmi va narxini belgilar edi. Mazkur tashkilot London oltin fiksingi(The London Gold Market Fixing Limited (LGMFL) deb yuritiladi.

1919 yilning 12 sentyabrida tashkil qilingan ushbu klubga Angliya banki rahbariyati, ya’ni Rotshildlar oilasi boshchilik qilardi. Ayni chog‘da klubga Barclays, HSBC, Deustsche Bank, Scotiabank va Societe Generale banklari mutasaddilari ham LGMFL 'ga a’zodir.

Rubenko o‘tgan 100 yil davomida ushbu “oltin klubi” bir necha bor o‘z manfaati yo‘li oltin narxini oshirish va kamaytirish bilan shug‘ullanib kelganini qayd etar ekan, shlardan eng ko‘zga ko‘rinarli bir necha holatni keltirib o‘tadi:
1971 yildan AQSH dollarni oltin bilan ta’minlashdan voz kechganidan so‘ng, tillaning narxi 35 barobar o‘sdi: 1 troy unsiyasi  35 dollardan (1971 yilda) 850 dollargacha (1980 yilda) ko‘tarilib ketdi.

Biroq o‘sha paytlarda sobiq ittifoq daromadlarini kamaytirish kerak bo‘lganda, uning asosiy eksport tovarlaridan biri bo‘lgan oltinning narxi, hech qanday sababsiz 1 yil ichida (1982) unsiyasiga 300 dollargacha tushib ketgan".

2014 va 2015 yillarga kelib “London oltin klubi”ning harakatlarida tobora ko‘proq shubha paydo bo‘lib, Germaniya va Kanadada bir necha sarmoyador hamda banklar “Oltin klubi” faoliyatini tekshirish uchun ularni sudga beradi. Da’vogarlar “Oltin klubi”ni oltin narxini ko‘tarish, tushirish, barqarorlashtirish yoki boshqa o‘zgarishlarni sun’iy ravishda amalga oshirishda ayblaydilar.

1999 yilda Yevropada yangi kiritilayotgan valyuta – yevroni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, Angliya banki bilan oltin savdosini cheklash haqida shartnoma imzolashadi. Ushbu shartnoma har besh yilda uzaytirib kelinayotgan edi. Xususan 2004, 2009 va 2014 yillarda. Lekin bu yil Yevropa markaziy banki shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi.

“O‘tgan davr mobaynida vaziyat jiddiy o‘zgardi – yevroning likvidligi oshdi, sarmoyadorlar ham ko‘paydi va shu bilan birga dollar narxi ham besh baravar oshdi, 260 dollardan – 1ming 420 dollargacha”, deya vaziyatni izohlaydi Yevropa banki.

Dunyoning oltin bozori ilk bor mutlaq erkin suzishga chiqdi, endi dollar narxi keskin oshadi. Yaqin vaqt ichida birja narxi 2000 dollardan oshishi mumkin, deb hisoblaydi Citibank va boshqa yirik moliya tashkilotlari eksperti.


Maqola muallifi

Teglar

dollar evro Oltin

Baholaganlar

42

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing