Oltin narxi tarixiy maksimumini yangiladi

Olam

image

Comex birjasida oltin narxi savdolar yopilishidan oldin 1,38 foizga oshib, unsiyasiga 2013,7 dollarga yetdi.

Shu tariqa qimmatbaho metalning narxi tarixiy maksimumini yangiladi.

Oltin narxi yil boshidan beri o‘sib kelyapti. Bunga pandemiya ham o‘z ta’sirini ko‘rsatyapti. Umumiy hisobda yil boshidan beri oltin 25 foizga qimmatlashdi.

Hamma vaqtlarning eng ishonchli valyutasi bo‘lgan oltin inqiroz va inflyatsiyadan saqlanishda yaxshi zaxira hisoblanyapti.

Goldman Sachs tahlilchilari oltin narxi 12 oy ichida 2300 dollarga ko‘tarilishini prognoz qilishmoqda. Bunga AQSHda foiz stavkalari pasayotgani va oltinga talab oshishi turtki bermoqda.


Maqola muallifi

Teglar

oltin

Baholaganlar

253

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing