Oltin narxi rekord darajaga yetdi
Olam
−
05 Sentabr 13263
Bugun, 5 sentyabr kuni Chikago tovar birjasida (CME) oltin fyucherslari narxlari 1.27 foizga oshib, bir unsiya uchun 3652.6 dollarga yetdi va rekord o‘rnatdi. Bu haqda CME ma’lumotlarida keltirilgan.
Qayd etish joiz, o‘tgan hafta ichida 5-grammlik oltin qabul qilinadigan naqshli qatlam (gold bar) narxi 5 foizga ko‘tarildi. Yil boshidan beri esa narx 29 foizga oshgan.
Bugun, 5 sentyabr kuni Markaziy bank tariflariga ko‘ra, bir nechta og‘irlikdagi oltin narxlari:
5 gramm – 7 mln 266 ming so‘m
10 gramm – 14 mln 532 ming so‘m
20 gramm – 29 mln 064 ming so‘m
50 gramm – 72 mln 661 ming so‘m
100 gramm – 145 mln 322 ming so‘m etib belgilangan.
Avgust oyida 5 gramm oltin narx 7 mln 030 ming so‘m bo‘lib, sentyabrda 7 mln 270 ming so‘mga yetdi – bu 3,4 foizga ko‘tarilishni anglatadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyun oyida O‘zbekiston Markaziy banki 9 tonna oltin sotib olib, dunyodagi eng yirik oltin xaridori bo‘lgandi. Yil boshidan beri eng ko‘p oltin xarid qilgan davlat esa Polsha bo‘lib, u 6 oyda 67 tonna oltin sotib olgan. Ikkinchi o‘rinda 35 tonna bilan Ozarbayjon Davlat neft jamg‘armasi, uchinchi o‘rinda esa Qozog‘iston (22 tonna) qayd etilgan.
Live
Barchasi