OLTIN AKSIYA - UZTELECOM GSM/CDMA standartining mobil aloqa yangi abonentlari uchun “Chiroyli raqamlarga” chegirmalar

Biznes

image

GSM va CDMA tarmoqlarining mobil aloqa abonentlari uchun "oltin" raqamlarga chegirmalar aksiyasi davom etmoqda va o‘z qamrovini kengaytirmoqda! 2021 yil 14 sentabrdan 31 dekabrga qadar arzon, foydali va chiroyli tarzda mobil aloqa operatorining abonentiga aylaning!

Tez orada oltin kuz o‘zining qonuniy huquqlarini qo‘lga olgan holda sovuq esdirib, uzoq kutilgan mavsumiy yomg‘irlarni yog‘dirishni boshlaydi. Biroq, UZTELECOM o‘z abonentlariga "OLTIN AKSIYA" ko‘rinishida iliqlik berishda davom etadi. Shunday qilib, 2021 yil 14 sentabrdan 31 dekabrgacha bo‘lgan davrda chiroyli va esda qoladigan raqam egasi bo‘lishni istagan har bir abonent o‘ziga xos "oltin" raqamni chegirma evaziga qo‘lga kiritish uchun noyob imkoniyatga ega.

Chegirma miqdori avvalgidek ulanish paytida tanlangan tarif rejasi bo‘yicha belgilanadi. Masalan, Flash, Flash Upgrade, Royal, Business, UNITS  (11 000, 14 000, 180 00 yoki 22 000) tariflariga ulanish paytida siz boshlang‘ich narxi 399 999 so‘m bo‘lgan chiroyli raqamni atigi 10 000 so‘mga olishingiz mumkin!

Shuningdek, yangi "Milliy" tarif rejasi ham aksiyaning yangi "o‘yinchisiga" aylanadi, unga ulanish orqali esa abonentlar "chiroyli" raqamni atigi 10 000 so‘mga olishlari mumkin bo‘ladi.

Aksiyada ham jismoniy, ham yuridik shaxslar ishtirok etishi mumkin. Muhim shartlardan biri – bu dastlab tanlangan tarif rejasida 2 oydan 6 oygacha qolish zarurati.

Eslatib o‘tamiz, milliy operatorning mobil aloqa xizmatlariga ulanish UZTELECOM sotuv va xizmat ko‘rsatish ofisida, shuningdek, rasmiy dilerlik punktlarida mavjud.

UZTELECOMdan "OLTIN AKSIYA" – hashamat endi hamma uchun!

Aksiya yuzasidan batafsil ma’lumot mazkur havolada.

UZTELECOM - milliy operator!

MyUZTELECOM: AppStore Google Play

Yagona call-markaz: 1099

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing 

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling 

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

Texnik qo‘llab-quvvatlash


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

126

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing