Olti oyda qancha o‘zbekistonlik xorijlik bilan turmush qurgani aytildi
Jamiyat
−
13 avgust 2022
49746O‘zbekistonda joriy yil birinchi yarmida xorijiy mamlakatlarda doimiy yashovchi fuqarolar bilan 1,4 mingga yaqin nikoh ro‘yxatga olindi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Statqo‘mga ko‘ra, yanvar-iyun oylarida mamlakatda 108 918 ta nikoh qayd etilgan. Ular 1362 tasi xorijiy mamlakatlarda doimiy yashovchi fuqarolar bilan tuzilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 326 taga kamaygan.
Avvalroq, 2022 yilning dastlabki olti oyida O‘zbekiston bo‘yicha 5 501 ta qayd etilgan nikohlarda kelinning yoshi kuyovnikiga nisbatan katta bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi