Olmaotaga uchgan samolyotda 3 nafar o‘zbekistonlik jarohat olgani ma’lum bo‘ldi
3-sahifa
−
03 yanvar 2023
6319Avvalroq “Air Astana” kompaniyasiga tegishli “Toshkent-Olmaota” yo‘nalishida parvoz qilgan samolyot kuchli turbulentlik zonasiga tushib qolgani hamda hodisa oqibatida yetti nafar yo‘lovchi tan jarohati olgani haqida xabar berilgandi. Samolyotda 3 nafar o‘zbekistonlik yo‘lovchi jarohat olgani ma’lum qilindi.
Samolyot Toshkentdan mahalliy vaqt bilan soat 14:35 da havoga ko‘tarilgan. Airbus A321 havo kemasi bortida 135 yo‘lovchi va 9 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 7 kishi (shundan 3 nafari O‘zbekiston fuqarosi) jabrlangan.
Samolyot qo‘nganidan so‘ng 2 nafar yo‘lovchi tibbiy yordam so‘ragan va ular Olmaotadagi shifoxonalardan biriga ko‘rikdan o‘tish uchun yuborilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘rikdan so‘ng singan tan jarohatlari qayd etilmagan. Tibbiy yordam ko‘rsatilgach, yo‘lovchilar shifoxonaga yotishdan bosh tortgan.
Qozog‘iston fuqaro aviatsiyasi qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu fakt vakolatli organlar tomonidan tekshiriladi hamda natijalari bo‘yicha keyinroq qo‘shimcha axborot beriladi.
LiveBarchasi