Toshkentdan Olmaotaga uchgan samolyot turbulentlik zonasiga tushib qoldi. Jarohatlanganlar bor

Jamiyat

image

Bugun, 2 yanvar kuni “Toshkent-Olmaota” yo‘nalishida parvoz qilgan samolyot kuchli turbulentlik zonasiga tushib qolishi oqibatida yetti nafar yo‘lovchi tan jarohati oldi. Bu haqda “Air Astana” kompaniyasi ma’lum qildi.

Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 14:35 da havoga ko‘tarilgan. Parvoz vaqtida samolyot to‘satdan kuchli turbulentlik zonasiga tushib qolgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yetti nafar yo‘lovchi turli darjadagi tan jarohatlari olgan.

Samolyot soat 16:45 da Olmaotaga qo‘ngan. Parvoz ekipaji yo‘lovchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan.

Uchuvchilar voqea haqida aeroport xizmatlarini xabardor qilgan. Tez yordam mashinalari yordam ko‘rsatish uchun aeroportda yo‘lovchilarni kutib olgan.

“Aviakompaniya sodir bo‘lgan voqeadan afsusda va reys yo‘lovchilariga har tomonlama yordam beradi. Voqea vakolatli organlar tomonidan tekshiriladi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2

Reyting

2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing