Olmaotadagi uyda portlash bo‘ldi. Qurbon bor (video)
Olam
−
02 iyun 6210 1 daqiqa
Qozog‘istonning Olmaota shahrida joylashgan Shapagat mikrorayonidagi xususiy uylardan birida sodir bo‘lgan gaz portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa bugun, 2 iyun kuni sodir bo‘lgan. Portlash 1980 yilda qurilgan xonadonda yuz bergan. Gaz portlashidan so‘ng yong‘in kelib chiqmagan.
“Uy konstruksiyalarini demontaj qilish jarayonida 1949 yilda tug‘ilgan fuqaroning jasadi topildi. Hodisa joyida tezkor shtab ish olib bormoqda. Hodisaning sabablari va holatlarini aniqlash bilan tezkor-tergov guruhi shug‘ullanmoqda”, deyiladi rasmiy bayonotda.
Hodisa sodir bo‘lgan joyda shahar hokimligi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Qutqaruv xizmati, shuningdek Respublika tezkor qutqaruv otryadi qutqaruvchilari va xizmat itlari bilan birga kinologlar faoliyat olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 may kuni Qozog‘istonning Atirov viloyatidagi Qulsari shahrida avtoyonilg‘i quyish shoxobchasida portlash yuz bergandi. Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘lib, 14 kishi turli darajada tan jarohati olgandi.
Live
Barchasi