Olmaotadagi do‘konda noma’lum erkak otishma sodir etdi
Olam
−
13 fevral
5103Olmaotada noma’lum shaxs sabzavot do‘konlaridan birida o‘t ochdi. Bu haqda "Kazinform" agentligi xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kadrlarda ko‘rish mumkinki, do‘konda bir necha erkak o‘zaro gaplashib turganda kimdir kirib, o‘t ochgan. Voqea ishtirokchilaridan biri o‘qdan jarohat olgan.
Qayd etilishicha, holat o‘tgan yilning dekabriga o‘tar kechasi "Sholpan" shahar turar-joy majmuasi yaqinida sodir bo‘lgan.
Shahar Ichki ishlar boshqarmasi ushbu hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida ma’lum qilgan.
"Dastlabki tergov tadbirlari ma’lumotlari inobatga olingan holda bezorilik asosida qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi ertasi kuniyoq suiqasd toifasiga o‘zgartirildi. Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, qamoqqa olindi. Ashyoviy dalillar musodara qilindi. Tegishli ekspertiza tayinlandi”, deya izoh bergan shahar IIB matbuot xizmati.
LiveBarchasi