Olmaotadagi 29 ta maktabga bomba qo‘yilgani aytilmoqda

Olam

image
0:00
0:00
download

Qozog‘istondagi Olmaota shahrida bir nechta maktablarga bomba o‘rnatilgani haqida xabarlar tarqaldi. Shundan so‘ng maktab xodimlari va o‘quvchilar evakuatsiya qilindi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.

Aytilishicha, politsiya otryadi shahar markazidagi maktablardan biriga soat 6:45 da yetib kelgan. Bino o‘rab olingan, barcha xodimlar evakuatsiya qilingan. Maktabda xavfsizlikni tekshirish ertalab soat 10 ga qadar davom etgan. Darslar esa boshqa vaqtga ko‘chirildi. Maktab direktorining aytishicha, shahardagi 29 ta maktabga nisbatan bunday ma’lumotlar kelib tushgan.

Olmaota politsiyasi bu ma’lumotni tasdiqlagan.

“Bugun shahardagi bir nechta umumta’lim maktablari minalashtirilgani haqida xabar kelib tushdi. Shahar Favqulodda vaziyatlar xizmatlari bunday xabarlar bo‘yicha dastlabki chora-tadbirlar doirasida ayni paytda ushbu ob’ektlarda o‘rganish ishlarini olib bormoqda. Bir nechta maktablar allaqachon tekshirib bo‘lingan, ma’lumotlar yolg‘on bo‘lib chiqdi. Ish davom etmoqda”, deyiladi Olmaota politsiyasi matbuot xizmati xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston maktab bomba Olmaota

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing