Olmaliqdagi korxonada portlash sodir bo‘ldi

3-sahifa

image

Bugun, 15 iyun kuni Toshkent viloyati Olmaliq shahrida joylashgan korxonada portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, portlash soat 17:55 da Olmaliq shahridagi “Ammofos-Maksam” korxonasi hududida ijarada faoliyat yuritayotgan “Maxam-Uzbekistan” qo‘shma korxonasining reaxit ishlab chiqarish sexida sodir bo‘lgan. Bunga texnologik jarayonning buzilishi sabab qilib ko‘rsatilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida ushbu sexning bino konstruksiyalari buzilgan. Shuningdek, voqea joyiga yaqin bo‘lgan yuk mashinasi haydovchisi tan jarohati olgan. 

“Ayni vaqtda jabrlangan fuqaro shahar tibbiyot birlashmasida, shifokorlar nazoratida, ahvoli qoniqarli. Vaziyat oqibatida ishchi-xodimlarning halok bo‘lish holatlari qayd etilmadi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

381

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing