Vayron qilingan Olma-ota aeroporti faoliyati qachon tiklanishi ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Qozog‘istondagi tartibsizliklar vaqtida texnik jihatdan zarar ko‘rgan Olma-ota aeroporti qayta ishlashga tayyor.  Aeraport ertaga, 13 yanvardan faoliyatini tiklaydi. Bu haqda “Orda.kz” nashri xabar bermoqda.

“Aeroport rahbariyatining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, ichki va xalqaro reyslar aviakompaniyaning parvozlar jadvali vaqtiga ko‘ra, soat 8:00 dan 21:00 gacha amalga oshiriladi”, degan Fuqaro aviatsiyasi qo‘mitasi vakili.

Ma’lumot uchun, mamlakatdagi tartibsizliklardan so‘ng, Olma-ota shahri va Toldiqo‘rg‘on shahri aeroportlariga texnik zarar yetib, faoliyati to‘xtatilgan edi. 

Avvalroq, Sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vaziri Qayirbek Uskenboyev barcha hududlarda shahar avtobuslari qatnovi, barcha vokzallarda yo‘lovchi va yuk poyezdlari harakati to‘liq tiklanganini ma’lum qilgan edi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, respublika yo‘llarida avtotransport vositalarining harakatlanishi uchun hech qanday cheklov yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

123

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing