OTM, kollej va texnikumlarda bir yilda qancha mablag‘ “yeb yuborilgani” ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

2021 yilda O‘zbekistondagi 302 ta oliy va professional ta’lim muassasasida 16,4 mlrd so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘i Salohiddin Toshmatovning ma’lum qilishicha, 2,7 mlrd so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklarda jinoyat alomatlari aniqlangan.

Ta’kidlanishicha, 49 ta oliy ta’lim muassasasida 9,4 mlrd so‘mlik, 253 ta professional ta’lim muassasasida 7,0 mlrd so‘mlik, jami 302 ta ta’lim muassasasida 16,4 mlrd so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan.

Ushbu qayd etilgan 16,4 mlrd so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklarning:

•  11,4 mlrd so‘mlik maqsadsiz va ortiqcha xarajatlarning oldi olindi (amaldagi me’yoriy normativlarga nisbatan ortiqcha shtatlarni saqlash holati, ortiqcha hisoblangan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, ta’mirlash xarajatlari, ijara to‘lovlari, inventarizatsiya jarayonida aniqlangan inventarlar kamomadi, debitor-kreditor qarzdorliklar hamda boshqa turdagi hisob-kitoblar);

•  2,3 mlrd so‘mlik ortiqcha hisoblangan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, ta’mirlash xarajatlari, ijara to‘lovlari, inventarizatsiya jarayonida aniqlangan kamomad va boshqa turdagi hisob-kitoblar keyingi oylarda hisob-kitob qilish uchun undiruvga qaratilgan;

•  2 ta oliy ta’lim hamda 10 ta kasbiy ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan profilaktika tadbirlarida aniqlangan 2,7 mlrd so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklarda jinoyat alomatlari mavjudligi sabab o‘rganish materiallari rasmiylashtirilib, huquqiy baho berish va qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza etuvchi organlarga yuborilgan.

Salohiddin Toshmatovga ko‘ra, ko‘rsatib o‘tilgan xato va kamchiliklarga, moliyaviy qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan rahbar va mas’ul xodimlarning 161 nafariga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanilgan, 46 nafari esa egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

108

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing