Oliy ta’limda davlat grantlari soni 25 foizga oshiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda kelgusi o‘quv yilidan boshlab, oliy ta’limga ajratiladigan davlat grantlari soni 25 foizga hamda ehtiyojmand oilalar farzandi bo‘lgan xotin-qizlar uchun davlat grantlari soni 2 baravarga oshiriladi. 

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonda so‘z boradi.

Shuningdek,  xususiy oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislarni tayyorlashga davlat granti berish tizimi joriy etiladi. 

Farmonga ko‘ra, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021/2022 o‘quv yili uchun o‘qishga qabul qilishga davlat buyurtmasi parametrlarining tubdan qayta ko‘rib chiqilishini ta’minlashi lozim.

Ma’lumot uchun, 2020 yilda oliy ta’limga qabul parametrlari 2016 yilga nisbatan 2,5 barobarga o‘sgan. Prezident Shavkat Mirziyoyevning ta’kidlashicha, yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi 9 foizdan 25 foizga yetgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

20

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing