Oliy ta’limda 11,5 mlrdlik kamchilik aniqlandi. Xato qilganlar jazolandimi?

3-sahifa

image

Joriy yilning birinchi yarmida 205 ta ta’lim muassasasida 11,5 mlrd so‘mdan ziyod moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlangan. Shundan 4 mlrd so‘mga yaqin mablag‘larning qaytariishi ta’minlangan. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2019 yilda aniqlangan moliyaviy qonunbuzarliklar qariyb 20 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2020 yilda bu ko‘rsatkich 66 foizga kamaygan. 2021 yilning o‘tgan davrida esa 5,2 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Shuningdek, 2019 yilda oliy ta’lim sohasida 142 ta jinoyatlar sodir etilgan bo‘lsa, 2020 yilda bu ko‘rsatkich 39 foizga (87 ta) yoki jinoyat sodir etgan shaxslar soni 35 foizga kamaygan. 2021 yilning 6 oyida esa 16 tani tashkil etgan.

Xabarga ko‘ra, moliyaviy xatoliklarga yo‘l qo‘ygan 139 nafar xodimga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanilgan. Shundan 99 nafar xodimga hayfsan berilgan, 3 nafar xodimga nisbatan jarima qo‘llanilgan, 37 nafar xodim esa egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

109

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing