Oliy ta’lim vazirining o‘rinbosarlari ishdan olindi

Jamiyat

image

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Hamidovich Karimov va vazirning innovatsiya bo‘yicha o‘rinbosari Shahloxon O‘tkirovna Turdiqulova lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot kotibi QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Bosh vazir matbuot kotibining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan, Komiljon Karimov Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetining rektori etib tayinlangan. Shu munosabat bilan oldingi rektor Baxrom Ravshanovich Mirkasimov ushbu lavozimdan ozod qilindi.

Shahlo Turdiqulova esa O‘zbekiston Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti lavozimiga tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Komiljon Karimov Shahlo Turdiqulova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing