Oliy ta’lim vaziri Toshqulov yana bir “kursi”ni egalladi
Jamiyat
−
04 fevral 2022
11816Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimida ishlab kelayotgan Abduqodir Xamidovich Toshqulov O‘zbekiston voleybol federatsiyasiga prezident etib saylandi. Ovoz berish jarayoni bugun, 4 fevral kuni O‘zbekiston voleybol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasida bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov Voleybol federatsiyasi prezidentligiga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov nomzodini ilgari surdi.
Abduqodir Toshqulov nomzodi bir ovozdan ma’qullanib, O‘zbekiston voleybol federatsiyasining prezidenti etib saylandi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 14 yanvardagi farmoni bilan Abduqodir Toshqulov O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimiga tayinlangan edi.
LiveBarchasi