Oliy ta’lim tizimida qariyb 14 mlrd so‘mlik moliyaviy xatoliklar aniqlandi
3-sahifa
−
20 Oktabr 2021
4627O‘zbekistonning Oliy va o‘rta maxsus ta’limi tizimida 9 oy mobaynida qariyb 14 mlrd so‘mlik moliyaviy kamchiliklar aniqlandi. Bu haqda, bugun, 20 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin Toshmatov ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, 2021 yilning yanvar-sentyabr oylarida 245 ta ta’lim muassasasida jami 13 mlrd 605,3 mln so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan.
Ushbu aniqlangan moliyaviy xato va kamchiliklarning:
• 8 mlrd 35,5 mln so‘m yoki 59,1 foizi ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar hamda stipendiya to‘lovlari bo‘yicha;
• 1 mlrd 111,7 mln so‘m yoki 8,2 foizi tovar-moddiy qiymatliklarning kamomadi va noo‘rin hisobdan chiqarilishi bo‘yicha;
• 128,0 mln so‘m yoki 0,9 foizi ta’mirlash ishlari uchun ortiqcha qilingan xarajatlar bo‘yicha;
• 267,1 mln so‘m yoki 2 foizi ijara to‘lovi va byudjetga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan to‘lovlar bo‘yicha;
• 4 mlrd 62,9 mln so‘mi yoki 29,9 foizi esa boshqa turdagi xarajat turlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Xabarga ko‘ra, moliyaviy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan rahbar va mas’ul xodimlarning 33 nafariga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanilib, 21 nafari lavozimidan ozod etilgan.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15