Oliy ta’lim tizimida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyruqlari bilan vazirlik va oliy ta’lim muassasalaridagi rahbar lavozimlariga malakali mutaxassislar qabul qilindi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Jumladan:

Farrux Rahimjonovich Dolimov Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Investitsiya loyihalarini shakllantirish va monitoring qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

Jamoliddin Hikmatillayevich Qambarov Farg‘ona politexnika instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimiga; 

Rahmatillo Mirzatillayevich Shukurov Farg‘ona davlat universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimiga;

Luiza Maxmudovna Nabiulina Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo texnik kvalifikatsiyalar instituti ijrochi direktorining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov oliy ta’limni isloh qilish uchun 3 oy kerak bo‘lishini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

251

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing