Oliy sudga eski rais yangidan saylandi
Jamiyat
−
13 iyun 2022
10071Oliy sud raisi Kozimjon Komilov lavozimiga qayta saylandi. Bu haqda bugun, 13 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma yettinchi yalpi majlisida qaror qabul qilindi.
Aytish joizki, Prezident Shavkat Mirziyoyev Komilov Kozimjon Fozilovich nomzodini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi lavozimiga navbatdagi muddatga saylash uchun Senatga taqdimnoma kiritgandi. Ushbu taqdimnoma senatorlar tomonidan ko‘rib chiqilib, tasdiqlandi.
Ma’lumot o‘rnida, Kozimjon Komilov 2017 yilning may oyidan buyon mamlakat Oliy sudi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Oliy sud raisi har 5 yilda bir marta saylanadi.
LiveBarchasi