Oliy sud raisiga yangi o‘rinbosar saylandi

Jamiyat

image

Shuhrat Polvonov besh yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga saylandi. Bu haqda bugun, 19 noyabr kuni Oliy Majlis Senatining 35-yalpi majlisida aytib o‘tildi.

U bungacha Oliy Majlis Qonunchilik paltasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari edi.

Ma’lumot uchun, Shuhrat Tog‘aymurodovich Polvonov 1977 yil 11 dekabrda Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan. 2002 yilda esa Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 44 yoshli advokat “Adolat” Sotsial-demokratik partiyasining a’zosi hisoblanadi. 

U 2015–2020 yillar davomida Nurobod saylov okrugidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi a’zosi sifatida faoliyat yuritgan. 

Qayd etish joiz, 2017 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimida ishlab kelgan Baxtiyor Isoqovning vakolat muddati shu yilning oktyabr oyida tugagan edi. Shundan so‘ng sobiq Oliy sud raisi o‘rinbosari Sirdaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimiga tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

140

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing