Oliy sud raisi oqlov hukmlari va yo‘qotilgan “delo”lar haqida gapirdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda sud tizimi shaffofmi? Agar shaffof bo‘lsa, ularni davlat rahbari boshchiligida nega ko‘p tanqid qilinadi? Sudlar erkinmi? Agar erkin bo‘lsa, bugungacha nima uchun ularni erkinlashtirish va amaldorlar qo‘lida qo‘g‘irchoq bo‘lib qolmasligi haqida gapirib kelinyapti? Ularda oqlov hukmlari ham uchrab turadimi? Zamonning epkini bilan uchrab turibdi. 

"Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash - xalq farovonligi va davlat taraqqiyotining kafolati" mavzusida munozara klubining yig‘ilishi Oliy sud raisi Kozimjon Komilov oqlov hukmlari, ular asosan qaysi davrga to‘g‘ri kelayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi ishlar yo‘q qilib yuborilgan.  

“Ilgari oqlov hukmi chiqargan sudya muddatining oxiriga yetib bormas edi. U ming zo‘r professional bo‘lsa ham... Asosiy mezon Prezidentimizning dalillar maqbulligi haqidagi qaroridan so‘ng boshlandi. Gap tergovni jinoyatni dastlabki sodir etilgan vaqtdan boshlab, qonunga asoslangan holda chiqib kelish mexanizmiga qaratildi. Bu eski ishlarni ko‘rishga ham sharoit yaratib berdi. Men juda ko‘p odamlarni qabul qilaman. Ular bilan suhbatlashaman. Ularning ko‘rgan azoblarini ham bilaman. Biz qilgan xatolarni qaytarmasligimiz kerak. Jinoyat bo‘lsa, jazosiz qolmasligi kerak, aybsiz odam aybdor bo‘lmasligi kerak. 

Sud o‘zi ko‘chadan “delo” olib kelmaydi. Tergovdan, ya’ni ichki ishlardan, prokuraturadan keladi. Sifat nuqtai-nazardan aytyapsiz. Hali biz sifatga to‘liq qanoatlanayotganimiz yo‘q. Hali oqlangan ishlarning 96 foizi 2017 yilgacha bo‘lgan ishlar. Ba’zi ishlar yo‘q qilib yuborilgan. Albatta, birov uni yo‘q qilmagan. Uni ma’lum tartib asosida yo‘q qilingan. 

Bosh prokuror bilan Oliy sudning protest qilish vakolatini olish kerak degan fikrga men ham qo‘shilaman. Yangi qonunda shuni inobatga olyapmiz. Albatta, bu keng jamoatchilikka olib chiqiladi”, deydi Kozimjon Komilov.
 


Maqola muallifi

Teglar

Kozimjon Komilov

Baholaganlar

98

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing