Oliy sud raisi lavozimidan ozod etildi
Jamiyat
−
10 avgust 2022
18591O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Kozimjon Komilov bugun, 10 avgust kuni lavozimidan ozod etildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda.
Uning o‘rnini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Baxtiyor Islomov egallagan.
Komilov joriy yilning 13 iyun kuni Oliy Majlis Senatining yigirma yettinchi yalpi majlisida Oliy sud raisi lavozimiga qayta saylangan edi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Komilov Kozimjon Fozilovich nomzodini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi lavozimiga navbatdagi muddatga saylash uchun Senatga taqdimnoma kiritgandi. Ushbu taqdimnoma senatorlar tomonidan ko‘rib chiqilib, tasdiqlandi.
Ma’lumot o‘rnida, Kozimjon Komilov 2017 yilning may oyidan buyon mamlakat Oliy sudi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Oliy sud raisi har 5 yilda bir marta saylanadi.
LiveBarchasi