Oliy Rada Ukrainada harbiy holat va safarbarlik muddatini uzaytirdi

Olam

image

Ukraina Oliy Radasi harbiy holat va safarbarlikni 90 kunga uzaytirish masalasiga ovoz berdi. Mamlakat parlamenti ko‘pchilik ovozi bilan har ikki qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Oliy Rada deputati Aleksey Goncharenko Telegram-kanalida ma’lum qildi.

“Rada harbiy holat va umumiy safarbarlikni 90 kunga uzaytirdi. Harbiy holatni uzaytirish uchun – 339 deputat, safarbarlikni davom ettirish uchun 336 deputat ovoz berdi”, deb yozdi Oliy Rada deputati.

Bu harbiy harakatlar boshlanganidan beri harbiy holat va safarbarlikning o‘n birinchi marta uzaytirilishidir.

Ma’lumot uchun, Ukraina bo‘ylab harbiy holat 2022 yil 24 fevraldan boshlab amal qiladi. Ertasi kuni, 2022 yil 25 fevralda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy umumiy safarbarlik to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Qoidalar bir necha bor uzaytirildi. Shu yilning 16 aprel kuni Vladimir Zelenskiy safarbarlikni kuchaytirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina safarbarlik harbiy holat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing