Oliy maqsad Jahon chempionatiga chiqish – Ravshan Haydarov

Sport

image

Joriy yilning 1 mart kuni O‘zbekistonda 20 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bahslari start oladi. Bugun, 28 fevral kuni musobaqa oldidan jamoalar bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Matbuot anjumanining dastlabki qismida O‘zbekiston U-20 terma jamoasi ustozi Ravshan Haydarov ishtirok etdi.

“Biz mezbon sifatida Jahon chempionatiga chiqish, chempion bo‘lishni vazifa qilib qo‘yganmiz. Futbolchilar kurashga tayyor. Rejadagi hamma ishlarni amalga oshirdik. Shogirdlarim katta ishtiyoq bilan o‘ynaydi. Chunki pandemiya sabab ular oldingi musobaqalarni o‘tkazib yubordi. Raqiblarni iloji boricha o‘rgandik. Ularning o‘rtoqlik va rasmiy o‘yinlarini kuzatdik. Bizda yetarlicha ma’lumot bor. Futbolchilarda kichik jarohatlar bo‘lib turadi. Lekin hozir hammasi joyida” deydi Haydarov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston yoshlar jamoasi turnirning “A” guruhidan joy olgan. 1-turda O‘zbekiston Suriyaga qarshi bahs olib boradi. Start hushtagi 1 mart kuni, soat 19:00 da chalinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing